Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan va yer munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat. Qoraqalpogʻiston Respublikasida yer munosabatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. Togʻ, oʻrmon va suv bilan bogʻliq munosabatlar, tuproq, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, shuningdek atmosfera havosidan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid munosabatlar maxsus qonunchilik bilan tartibga solinadi. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining yer toʻgʻrisidagi qonunchiligidagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.