Yer kodeksi 30-3-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtkazilganda servitutning saqlanishi

Servitut yer uchastkasiga boʻlgan mulk, egalik qilish, foydalanish va ijara huquqi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda ham saqlanib qoladi. Servitut oldi-sotdi, hadya, garov va ijaraning mustaqil predmeti boʻlishi mumkin emas, shuningdek uni servitut belgilangan koʻchmas mulkning huquq egalari boʻlmagan boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi. Servitut boshqa shaxslarga faqat servitut belgilangan huquq bilan birga berilishi mumkin.