Yer kodeksi 33-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar

Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirma yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatdir. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirma yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi, viloyat va Toshkent shahar hokimining yer uchastkasini doimiy foydalanishga berish toʻgʻrisidagi qarori, ijara shartnomasi, yer uchastkasi berilgan (ajratilgan) paytdagi qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini berish (ajratish) vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi boʻlinmalarining yer uchastkasini boʻlish haqidagi hujjatlari, sud qarori, oldi-sotdi shartnomasi, mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan shaxslarning qarori asosida beriladi. Yer uchastkasiga boʻlgan huquq ushbu huquq belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olinganidan keyin kuchga kiradi.