Yer kodeksi 37-1-modda. Yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish

Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki boʻlgan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Chet el yuridik va jismoniy shaxslarining mulki boʻlgan yer uchastkasini savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyekti yoxud turar joy hamda boshqa bino bilan birga yoki binoning bir qismi bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish mazkur Kodeksning 41-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar taʼminlangan holda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.