Yer kodeksi 43-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning tarkibi

Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berib qoʻyilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar hisoblanadi. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar: foydalanish turiga koʻra — qishloq xoʻjaligi yerlariga va qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlarga; suv bilan taʼminlanish darajasiga koʻra — sugʻoriladigan yerlarga va sugʻorilmaydigan yerlarga boʻlinadi. Qishloq xoʻjaligi yerlari haydaladigan yerlarga (sugʻoriladigan va lalmi ekin yerlari), koʻp yillik dov-daraxtlar (bogʻlar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt koʻchatzorlar va boshqa koʻp yillik dov-daraxtlar) egallagan yerlarga, tashlandiq yerlarga, pichanzorlarga va yaylovlarga boʻlinadi. Qishloq xoʻjaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim. Qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar ihota daraxtzorlari, ichki xoʻjalik yoʻllari, kommunikatsiyalar, suv havzalari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari, qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan binolar va inshootlar egallagan yerlarga boʻlinadi. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasiga muvofiq yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishga (qurishga) yoʻl qoʻyiladi. Bunda mazkur yerlar ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasiga asosan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar sifatida hisobga olinadi. Agar qonunchilikda boshqacha hollar nazarda tutilmagan boʻlsa, yer fondining boshqa toifalariga taalluqli boʻlgan yerlar tarkibidagi haydaladigan yerlar, koʻp yillik dov-daraxtlar, tashlandiq yerlar, pichanzorlar va yaylovlar davlat yer kadastrida qishloq xoʻjaligi yerlari sifatida hisobga olinadi hamda maxsus muhofaza qilinadi. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni qishloq xoʻjaligidan oʻzga ehtiyojlar uchun boshqa toifadagi yerlarga oʻtkazishga alohida hollarda ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoʻl qoʻyiladi. Qishloq xoʻjaligi yerlarini irrigatsiya suvdan foydalanish va