Yer uchastkasiga boʻlgan huquq bekor qilinishi munosabati bilan tumanlar, shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufiga qaytarilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalaridir. Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda tuman, shahar hokimining qaroriga asosan davlat yer kadastrida hisobga olinadi. Jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun berish faqat boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari hamda zaxira fondi yerlari hisobidan amalga oshiriladi.