Yer kodeksi 58-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni qishloq xoʻjaligi va boshqa yoʻnalishdagi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga berish

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga ushbu Kodeksning 24-moddasida belgilangan tartibda beriladi. Qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni berish xoʻjalik faoliyati uchun qulay chegaralarda amalga oshiriladi. Qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yer uchastkalarining tarqov, oʻzga yerlarga suqulib kirgan boʻlishiga va boshqa kamchiliklarga ega boʻlishiga, qoida tariqasida, yoʻl qoʻyilmaydi. Qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yerlarning tarqov, oʻzga yerlarga suqulib kirgan boʻlishini va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish xoʻjaliklararo yer tuzish tartibida amalga oshiriladi