Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 102-band. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi undan chiqishda…

Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi undan chiqishda svetofor ishoralaridan qatʼiy nazar, moʻljallangan yoʻnalishda harakatlanishni davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining harakatlanish yoʻlida joylashgan svetoforlar oldida toʻxtash chiziqlari (yoki 5.33 yoʻl belgisi) boʻlsa, u har bir svetofor ishoralariga amal qilishi shart.