Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 12-band. Haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi

Haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: transport vositasini spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalar taʼsirida yoki oʻzgacha tarzda mast holatda, sezgirlik va eʼtiborni susaytiradigan dori-darmonlar taʼsirida, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betoblik holatida boshqarish; har qanday mastlik holatida, sezgirlik va eʼtiborni susaytiradigan dori-darmonlar taʼsirida, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betoblik holatida boʻlgan, shuningdek, tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi boʻlmagan, yoʻl varaqasida yoki transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida ism-familiyasi koʻrsatilmagan (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanilishini hisobga olgan holda tuzilgan hollardan tashqari) shaxslarga transport vositasini boshqarish uchun topshirish; tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz boʻlgan, sutkaning qorongʻi vaqtida yoki koʻrinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomgʻir yoki qor yogʻayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish; tegishli ruxsatsiz transport vositalariga maxsus texnik jihoz (ratsiya, sirena va shu kabilar)lar oʻrnatish; transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi, shu jumladan piyodalar jamlanmalari harakatiga xalaqit berish va ular orasiga kirish; transport vositasini boshqarish paytida telefondan (telefondan quloqchinlar orqali va qoʻllarni ishlatmasdan turib soʻzlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish bundan mustasno), transport vositasi salonining old qismiga oʻrnatilgan tele, videomonitordan tele, videodasturlarni