Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 138-band. Sutkaning yorugʻ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi…

Sutkaning yorugʻ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak: transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda; yoʻlovchilarni tashiyotgan avtobuslar va yoʻnalishli transport vositalarida; bolalar guruhini tashkiliy tashishda; xavfli, katta oʻlchamli va ogʻir vaznli yuklarni tashishda; mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida); kuchli yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) sharoitida; mototsikl, elektromototsikl, skuter va mopedlarda.