Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 176-band. Transport vositalariga taniqlik belgilari oʻrnatilishi kerak

Transport vositalariga taniqlik belgilari oʻrnatilishi kerak: “Avtopoyezd” — yuk avtomobillari va gʻildirakli traktor (1,4 tonna va undan yuqori)larda tirkama boʻlganda, shuningdek tutashtirilgan avtobus va trolleybus kabinalari tomining old qismi oʻrtasiga bir qator qilib 150 dan 300 millimetrgacha oraliqda koʻndalang joylashgan uchta zargʻaldoq rangli chiroq yoki ichidan yoritiladigan, tomonlarining har biri 250 millimetr boʻlgan sariq rangli uchburchak shaklidagi belgi; “Turumlangan” (tishli, shipli) — turumlangan shinali mexanik transport vositalarining orqasida — ichiga qora rangda “T” harfi tushirilgan, qizil hoshiyali, oq rangli uchi yuqoriga yoʻnaltirilgan teng tomonli uchburchak koʻrinishida. Uchburchakning tomonlari 200 millimetrdan kam boʻlmasligi, hoshiyasining kengligi uchburchak tomonining 1/10 qismiga teng boʻlishi kerak; “Bolalar guruhini tashish” — bolalar guruhini tashkiliy tashishda, transport vositasining old va orqa tomonlariga qizil hoshiyali, ichiga 1.21 yoʻl belgisidagi bolalar timsolining tasviri tushirilgan, sariq rangdagi, tomonlari teng boʻlgan toʻrtburchak (kvadrat) koʻrinishidagi belgi. Toʻrtburchakning tomonlari 250 — 300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi toʻrtburchak tomonining 1/10 qismiga teng boʻlishi kerak; “Kar haydovchi” — kar-soqov yoki kar haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomonlarida — ichiga uchi pastga yoʻnalgan hayoliy teng tomonli uchburchakning burchaklari boʻyicha diametri 40 millimetr boʻlgan uchta qora doira tushirilgan, diametri 160 millimetrni tashkil etadigan sariq rangli doira koʻrinishida; “Boshqarishni oʻrgatish uchun moʻljallangan mexanik transport vositasi” — boshqarishni oʻrgatishda foydalaniladigan transport vositalarining old va orqa tomonlarida — ichiga qora rangda “Oʻ” harfi tushirilgan, tomonlari 200 millimetrdan 300 millimetrgacha boʻlgan qizil hoshiyali, oq rangli, uchi yuqoriga yoʻnalgan teng tomonli uchburchak koʻrinishida. Belgi hoshiyasining kengligi uchburchak tomonini