Mexanik transport vositalarini shatakka olishda egiluvchan ulagichni koʻrsatadigan ogohlantiruvchi, oʻlchami 200x200 millimetr boʻlgan, diagonali boʻyicha ketma-ket joylashgan, kengligi 50 millimetrli qizil va oq rangli enli chiziqlar tushirilgan, yorugʻlik qaytaradigan yuzali bayroqchalar yoki kvadrat koʻrinishidagi belgi oʻrnatilishi kerak. Egiluvchan ulagichga kamida ikkita taniqli belgisi oʻrnatiladi.