Zargʻaldoq yoki sariq rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar transport vositalarida quyidagi hollarda yoqilgan boʻlishi kerak: yoʻlda qurilish, taʼmirlash yoki tozalash ishlari olib borilayotganda, shuningdek, shikastlangan, nosoz transport vositalarini ortishda, tashishda; yoʻl harakatida qatnashayotgan, gabarit oʻlchamlari ushbu Qoidalarning 164-bandida belgilangandan ortiq boʻlgan, shuningdek, ogʻir vazn va katta hajmli hamda xavfli yuklarni tashiyotgan transport vositalarini kuzatib borishda; portlovchi, tez alangalanadigan, radioaktiv moddalarni va zaharli darajasi oʻta yuqori boʻlgan moddalarni tashishda; umumiy foydalanishdagi transport vositasi yoʻllarida velosipedchilarning tashkiliy jamlanmasini kuzatib borishda. Yoqilgan zargʻaldoq va (yoki) sariq rangli mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilarini faqat xavf haqida ogohlantiradi.