Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 30-band. Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorugʻlik ishoralari qoʻllaniladi.

Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorugʻlik ishoralari qoʻllaniladi. Svetofor ishoralari vazifasiga qarab doirasimon, koʻrsatkich (koʻrsatkichlar), piyoda yoki velosiped tasviri tushirilgan koʻrinishda va X-simon boʻlishi mumkin. Doirasimon ishorali svetoforlarda yashil ishoralar bilan bir sathda joylashgan ishoralar yashil koʻrsatkich (koʻrsatkichlar) koʻrinishidagi bitta yoki ikkita qoʻshimcha tarmoq boʻlishi mumkin.