Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yoʻnalishdagi harakatlanish tomoniga oʻtib ketmasligi kerak. Oʻngga burilishda transport vositasi iloji boricha qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroqda harakatlanishi kerak.