Quvib oʻtishni boshlashdan oldin haydovchi chapga burilishni bildiruvchi ishorasini yoqib: oʻzi oʻtmoqchi boʻlgan harakatlanish boʻlagi quvib oʻtish uchun yetarlicha masofada boʻsh ekanligiga, quvib oʻtish jarayonida harakatlanishga xavf tugʻdirmasligiga va boshqa harakat ishtirokchilariga xalaqit bermasligiga; shu tasmada orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib oʻtishni boshlamaganligiga; oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib oʻtish, chapga burilish (qayta tizilish) ishorasini bermayotganligiga; quvib oʻtishni tugallayotganda quvib oʻtilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan qatorga qaytib oʻta olishiga ishonch hosil qilishi shart.