Yoʻl harakati toʻgʻrisida 16-modda. Yoʻl harakatini tashkil etishga doir umumiy talablar

Yoʻl harakatini tashkil etish texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga javob beradigan texnik vositalardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoʻl harakatini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan yagona tartib asosida amalga oshiriladi. Yoʻllarda transport vositalarining oʻng tomonlama harakati belgilanadi. Yoʻl harakatini tashkil etishga doir tadbirlarni ishlab chiqish qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshiriladi.