Yoʻl harakati toʻgʻrisida 22-modda. Kapital qurilish obyektlarida yoʻl harakatini tashkil etish tartibi

Kapital qurilish obyektlarida yoʻl harakatini tashkil etishda shaharsozlik normalari va qoidalarida koʻrsatilgan yoʻl harakatini tashkil etish samaradorligini taʼminlash talablari hisobga olinadi. Kapital qurilish obyektlarini yoʻl harakatini tashkil etish talablarini buzgan holda joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.