Yoʻl harakati toʻgʻrisida 24-modda. Toʻxtab turish joylariga doir talablar

Koʻp kvartirali uylarga tutash hududlarning belgilangan chegaralarida toʻxtab turish joylarini qurish toʻgʻrisidagi qarorlar hududni rejalashtirish boʻyicha tasdiqlangan hujjatlarga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadi. Bunda qurilish ishlari shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Toʻxtab turish joylarini joylashtirish ekologik xavfsizlikni taʼminlash hamda atrof-muhitga, aholining sogʻligʻi va osoyishtaligiga salbiy taʼsirni kamaytirish hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Toʻxtab turish joylarining belgilangan maqsadi va imkoniyatlari (joylar soni) shaharsozlik normalariga va qoidalariga muvofiq belgilanadi. Toʻxtab turish joylariga boʻlgan ehtiyojlarni aniqlash uchun mazkur hududda foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatilishi uchun zarur boʻlgan transport vositalarining soni, shuningdek ularning kelgusida koʻpaytirilishi inobatga olinadi. Toʻxtab turish joylari yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha hujjatlarda koʻrsatilgan ehtiyojga mos keladigan miqdorda tashkil qilinadi. Toʻxtab turish joylarini roʻyxatga olish yoʻl egasi tomonidan amalga oshiriladi. Toʻxtab turish joylarida toʻxtab turish joyining kirish yoki undan chiqish joyiga tutash boʻlgan alohida joylar nogironligi boʻlgan shaxslar boshqaradigan va ushbu shaxslarni tashiydigan transport vositalari uchun qonunchilikka muvofiq majburiy tartibda ajratiladi. Elektr dvigatelda ishlaydigan transport vositalari uchun alohida joylar ajratiladi. Bunday joylarda elektr quvvat manbalariga ulanish imkoniyati yaratilishi mumkin. Toʻxtab turish joylaridan foydalanishga monelik qiladigan toʻsiqlarni va boshqa konstruksiyalarni oʻrnatish taqiqlanadi. Toʻxtab turish joylariga transport vositalarining kirishini, ulardan chiqishini va bu joylarda harakatlanishini tashkil etish maxsus vakolatli davlat organlari bilan kelishilgan loyihaga muvofiq amalga oshiriladi. Toʻxtab turish joylaridan foydalanuvchilar transport vositalarini joylashtirishda toʻ