Transport vositalari va piyodalar harakatlanishi uchun jihozlangan, moslashtirilgan hamda transport vositalari va piyodalarning harakat xavfsizligini taʼminlashga moʻljallangan yoʻl obyektlari majmuasini joylashtirish uchun ajratilgan yer uchastkalari hamda yer uchastkalari ustidagi boʻshliq yoʻldir. Yoʻllar umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllariga (bundan buyon matnda umumiy foydalanishdagi yoʻllar deb yuritiladi), tumanlar (shaharlar), shaharchalar, qishloqlar va ovullarning koʻchalariga, xoʻjalik yoʻllariga, shahar elektr transporti yoʻllariga, velosiped va piyodalar yoʻlkalariga ajratiladi. Qishloq joylardan oʻtadigan va xoʻjaliklarni oʻzaro bogʻlaydigan yoʻllar xoʻjaliklararo qishloq yoʻllaridir.