Transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanishda boʻlgan va belgilangan tartibda roʻyxatga olingan transport vositalari majburiy ravishda texnik koʻrikdan oʻtkaziladi. Transport vositalarini majburiy ravishda texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.