Yoʻl harakati toʻgʻrisida 38-modda. Transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatishga va ularni taʼmirlashga doir talablar

Transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash yoʻl harakati sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar mazkur xizmatlarni yoʻl harakati sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq koʻrsatishi shart.