Yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi texnik nosozliklar mavjud boʻlganda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. Transport vositalarining texnik nosozliklari roʻyxati va bunday nosozliklar mavjud boʻlganda ulardan foydalanishni taqiqlaydigan shartlar Yoʻl harakati qoidalarida belgilanadi. Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.