Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: yoʻl obyektlari — yoʻlning konstruktiv elementlari boʻlgan yoʻl sunʼiy inshootlari (koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, osma koʻpriklar, quvurlar, tunnellar va boshqa muhandislik inshootlari), himoya qilish inshootlari (yoʻllarni qor koʻchkilaridan, yer choʻkishidan, yer koʻchkilaridan himoya qilish qurilmalari va boshqa qurilmalar), shuningdek yoʻllarni jihozlash elementlari (toʻxtash maydonchalari, yoʻlovchilar uchun pavilyonlar, dam olish maydonchalari, transport vositalarining toʻxtab turish joylari va boshqalar); yoʻl egasi — yoʻl qaysi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha korxonalar, muassasalar tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar; yoʻl harakati — yoʻl harakatini tashkil etishda yoʻllar doirasida transport vositalari va yoʻl harakati ishtirokchilari ishtirokida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar majmui; yoʻl harakati ishtirokchisi — yoʻl harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yoʻlovchisi yoki piyoda sifatida bevosita ishtirok etayotgan shaxs; yoʻl harakati monitoringi — yoʻl harakatini tashkil etishning asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi hamda yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari holati haqidagi axborotni hisobga olish, umumlashtirish, unga ishlov berish va uni tahlil qilish; yoʻl harakatini tashkil etish — yoʻl harakatini boshqarish hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy-huquqiy, tashkiliy-texnik tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui; yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarining auditi — tashkilotlarning yoʻllarni loyihalashtirish (loyihalash tashkilotidan mustaqil ravishda), qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ulardan foydalanish chogʻidagi faoliyati natijalarining yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha normativ-texnik hujjatlarning amaldagi talablariga muvofiqligini tekshirish; yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari — yoʻl harakatini tashkil etish uchun moʻljallangan qu