Transport vositalarini boshqarish huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi: haydovchining sogʻligʻi transport vositasini xavfsiz boshqarishga monelik qiladigan tarzda yomonlashganligi tibbiy xulosa bilan tasdiqlanganda; haydovchi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilganda. Javobgarlik chorasi sifatida transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga sabab boʻladigan huquqbuzarliklarning turlari qonunda belgilanadi. Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish sud tomonidan qoʻllaniladi.