Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar: yoʻl harakati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi; yoʻl harakati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar loyihalarini oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi; yoʻl harakati sohasidagi davlat nazoratini oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi; yoʻl harakati sohasidagi tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi hamda ularni oʻtkazishga doir uslubiy tavsiyalarni tasdiqlaydi; umumiy foydalanishdagi yoʻllarda yoʻl harakati monitoringini tashkil etadi va amalga oshiradi; Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati bilan kelishuvga koʻra, umumiy foydalanishdagi yoʻllarda yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalarini oʻrnatish loyihalarini tayyorlaydi, ushbu vositalarni oʻrnatish, almashtirish, olib tashlashni va ularga texnik xizmat koʻrsatishni amalga oshiradi; yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari joylashuvini yuritadi hamda ularning joylashuvga muvofiqligi va texnik holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; yoʻllarning harakat uchun xavfli uchastkalarini aniqlaydi va bunday uchastkalarda yoʻl harakatini tashkil etishni takomillashtirish boʻyicha choralar koʻradi; yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarining auditini oʻtkazadi; yoʻl harakatini tashkil etishda, yoʻllardan foydalanishda, shuningdek yoʻl harakati ishtirokchilariga logistikani tashkil etish va xizmatlar koʻrsatish chogʻida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi; yoʻl harakati sohasida band boʻlgan mutaxassislarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi; umumiy foydalanishdagi yoʻllar boʻyida joylashgan toʻxtab turish joylarining, shu jumladan pulli toʻxtab turish joylarining reyestrini yuritadi; ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishlarini belgilaydi, shuningdek yoʻl-xizmat koʻrsatish obyektlarini