Advokatura toʻgʻrisida 16-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish

Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi: advokat litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda, agar ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) buni talab qilsa, ilgari qabul qilingan topshiriqni bajarib boʻlganidan soʻng; agar litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan eʼtiboran uch oy ichida talabgor litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlovini amalga oshirmagan boʻlsa; ushbu Qonun 3¹-moddasining yettinchi qismida va 13¹-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda; advokatning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda; sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda; advokat Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda; advokat vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish maʼmuriy sud tomonidan Oliy malaka komissiyasining xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining murojaatiga koʻra quyidagi hollarda amalga oshiriladi: advokat kasbiga doir vazifalarini olti oy mobaynida uzrsiz sabablarga koʻra bajarmaganda; litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda; litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorning gʻayriqonuniy ekanligi aniqlanganda; litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlarni sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda; advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, advokatning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda advokaturanin