Advokatura toʻgʻrisida 7-modda. Advokatning vazifalari

Advokat oʻz professional faoliyatida amaldagi qonunchilik talablariga, Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etishi, oʻziga yuridik yordam soʻrab murojaat etgan jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari hamda usullaridan foydalanishi shart. Advokat muayyan ish boʻyicha yuridik yordam koʻrsatayotgan yoki ilgari yuridik yordam koʻrsatgan shaxslarning manfaatlari ishni olib borishni soʻrab murojaat etgan shaxsning manfaatlariga zid kelgan yoki u sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruv oʻtkazuvchi shaxs, jamoat ayblovchisi, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakili, guvoh, xolis, tarjimon sifatida ishtirok etgan hollarda, shuningdek agar ishni surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida tergov qilishda yoxud sudda advokatning qarindoshi boʻlgan mansabdor shaxs ishtirok etgan yoki ishtirok etayotgan boʻlsa, xuddi shuningdek agar advokat bevosita yoki bilvosita shu ishdan shaxsan manfaatdor boʻlsa bu hol unga ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) manfaatlariga zid kelsa, yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi topshiriqni qabul qilishga haqli emas. Advokat qaysi shaxsning manfaatlarini himoya qilish topshirigʻini olgan boʻlsa, oʻz vakolatlaridan shu shaxsning zarariga foydalanishga hamda gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini himoya qilishdan bosh tortishga, agar uni bundan ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) oʻzi ozod etmasa, haqli emas. Advokat oʻz bilimlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishi, Advokatlar palatasi tomonidan belgilangan tartibda uch yilda kamida bir marta kasbiy malakasini oshirishi shart. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish uchun tanlangan advokat fuqaroning toʻlovga qobiliyatsizligini vaj qilib, unga yuridik yordam koʻrsatishdan bosh tortishga haqli emas. Advokat davlat xizmatida turishi mumki