Migratsiya agentligi fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish uchun quyidagi xizmatlarni koʻrsatishga doir faoliyatni amalga oshiradi: vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarga temir yoʻl chiptalarini, aviachiptalarni sotib olishda va boshqa transport-logistika masalalarini hal etishda koʻmaklashish; Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashish uchun zarur hujjatlar toʻplamini rasmiylashtirishda koʻmaklashish, shu jumladan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin moslashtirish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ularga chet tillarni, ishlab chiqarishlardagi xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini oʻrgatish; jismoniy va yuridik shaxslarning talabnomalariga koʻra Migratsiya agentligi vakolatxonalarining ish jarayonida foydalanilmayotgan transport vositalarini jalb etish orqali transport xizmatlari koʻrsatish; Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va chet ellik fuqarolarni mehmonxona sektorida joylashtirish yuzasidan shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatish.