Aholi bandligi toʻgʻrisida 70-modda. Qisqa muddatli oʻqitish

Qisqa muddatli oʻqitish tarzidagi kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasi mehnat organlari tomonidan shakllantiriladi hamda kasbga oʻqitish markazlari (kasb-hunar taʼlimi muassasalari) tomonidan amalga oshiriladi. Mehnat organlari oʻqitishning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha guruhlar shakllanishiga qarab qisqa muddatli oʻqitishga doir toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzadi. Mehnat organi, ish qidirayotgan shaxs yoki ishsiz shaxs hamda kasbga oʻqitish markazi (kasb-hunar taʼlimi muassasasi) qisqa muddatli oʻqitishga doir shartnomaning taraflari sifatida ish yuritadi.