Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatni amalga oshirish uchun mustaqil yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi sifatida tashkil etilgan, belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalari kasbga oʻqitish markazlaridir. Kasbga oʻqitish markazlari oʻz faoliyatini ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni oʻqitish uchun kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasi doirasida ajratiladigan mablagʻlar hisobidan, shuningdek oʻzini oʻzi moliyalashtirish asosida amalga oshiradi. Oʻqitish uchun amalga oshiriladigan toʻlov miqdori kasbga oʻqitish markazlari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.