Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga oʻqitish markazlarida oʻqitish shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shaxslarni kasbga oʻqitish markaziga qabul qilish buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Kasbga oʻqitish markazlaridagi oʻquv dasturlari kasb-hunar taʼlimi va ishlab chiqarishning oʻzaro aloqasini taʼminlash asosida amalga oshiriladi. Kasbga oʻqitish markazlarida oʻquvchilar, qoida tariqasida, oʻquv kurslari boʻyicha guruhlarga, oʻqish yoʻnalishi boʻyicha esa boʻlimlarga birlashadi. Oʻquv dasturlarining aniq mazmuni, oʻqish muddatlari, oʻquv jarayonining hamda ishlab chiqarish amaliyotining sifati ustidan nazorat qilish usullari va muddatlari kasbga oʻqitish markazi tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanadi. Mehnat organlari kasbga oʻqitish markazlaridan ular foydalanadigan oʻquv dasturlarini monitoring qilish maqsadida soʻrab olishga haqli.