Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga tegishli yozuvlarni kiritib qoʻygan paytdan eʼtiboran jamiyatni tugatish tamomlangan, jamiyat esa faoliyatini tugatgan hisoblanadi. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ jamiyat tugatilganligi haqidagi tegishli yozuvni jamiyat qimmatli qogʻozlari chiqarilishlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi bekor qilinganidan keyingina kiritadi.