Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish: huquqni tan olish; huquq buzilguniga qadar mavjud boʻlgan holatni tiklash va huquqni buzuvchi yoki huquqni buzish tahdidini soluvchi xatti-harakatlarning oldini olish; bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash; oʻzini oʻzi himoya qilish; natura holida ijro etishga hukm qilish: zararlarni qoplatish; neustoyka undirish; maʼnaviy zarar uchun tovon undirish; huquqiy munosabatlarni toʻxtatish yoki oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi. Aksiyadorlar oʻzlarining qonuniy huquqlarini himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda jamoat birlashmalariga uyushishga haqlidirlar. Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.