Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 18-modda. Jamiyat ustaviga kiritilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalarni yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini davlat roʻyxatidan oʻtkazish

Jamiyat ustaviga kiritilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi ushbu Qonunning jamiyatni roʻyxatdan oʻtkazishga doir 17-moddasida koʻzda tutilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim. Jamiyat ustaviga kiritilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi uchinchi shaxslar uchun ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab, ushbu Qonunda belgilangan hollarda esa davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ xabardor etilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.

III BOʻLIM. JAMIYATNING USTAV FONDI. JAMIYATNING AKSIYALARI, OBLIGATSIYALARI VA BOShQA QIMMATLI QOGʻOZLARI. JAMIYATNING SOF AKTIVLARI