Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 20-modda. Ustav fondining miqdori

Aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha toʻrt yuz ming AQSh dollariga teng boʻlgan summadan kam boʻlmasligi kerak. Jamiyat ustav fondini taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng koʻp muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yildan oshmasligi lozim.