Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 28-modda. Oddiy (odatdagi) aksiyalar egalari boʻlmish aksiyadorlarning huquqlari

Jamiyatning har bir oddiy (odatdagi) aksiyasi uning egasi boʻlmish aksiyadorga bir xil hajmda huquqlar beradi. Oddiy (odatdagi) aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlar ushbu Qonunga va jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlar umumiy yigʻilishida mazkur yigʻilish vakolatiga kiradigan barcha masalalar boʻyicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishi mumkin, shuningdek dividendlar olish, jamiyat tugatilgan taqdirda esa, jamiyat mol-mulkining bir qismini olish huquqiga egadir.