Jamiyat: jamiyatning butun ustav fondi batamom toʻlanguniga qadar, agar oddiy aksiyalarni sotib olish vaqtiga kelib jamiyatda bankrotlik belgilari boʻlsa yoki bunday belgilar u aksiyalarni sotib olganligi natijasida paydo boʻlsa; agar oddiy aksiyalarni sotib olish vaqtiga kelib jamiyatga qarashli sof aktivlarning qiymati uning ustav fondidan, zaxira fondidan va joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning ustavda belgilangan tugatish qiymatining nominal qiymatdan ortiq qismidan kam boʻlsa yoxud aksiyalarni sotib olish natijasida ularning miqdoridan kamayib ketsa, oddiy aksiyalarni sotib olishga haqli emas. Ushbu Qonunning 45-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olish toʻgʻrisida talab qoʻyilgan hamma aksiyalar qaytarib sotib olinmagunicha jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni sotib olishga haqli emas.