Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 43-modda. Aksiyalarni yiriklashtirish va maydalash

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish huquqiga ega boʻlib, buning natijasida jamiyatning ikki yoki undan ortiq aksiyasi xuddi shu turdagi bitta yangi aksiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga uning eʼlon qilingan aksiyalarining nominal qiymati va soniga doir tegishli oʻzgartishlar kiritiladi. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni maydalash huquqiga ega boʻlib, buning natijasida jamiyatning bir aksiyasi xuddi shu turdagi ikki yoki undan ortiq aksiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga jamiyatning eʼlon qilingan aksiyalari nominal qiymati va soniga doir tegishli oʻzgartishlar kiritiladi.