Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 50-modda. Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik

Aksiyadorlik jamiyati, transfer-agent, markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchilari jamiyat aksiyadorlari reyestridagi maʼlumotlarning toʻliqligi hamda toʻgʻriligi uchun solidar javobgar boʻladi va oʻzlarining harakatlari yoki harakatsizligi bilan aksiyadorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart.