Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 53-modda. Dividend

Dividend foydaning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan, qayta investitsiya amalga oshirilganidan soʻng aksiyadorlik jamiyati ixtiyorida qoladigan, aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanishi kerak boʻlgan qismidir. Jamiyat aksiyalarning har bir turi boʻyicha eʼlon qilingan dividendlarni toʻlashi shart. Aksiyadorlar jamiyatining umumiy yigʻilishi qaroriga binoan dividend pul mablagʻlari yoki boshqa qonuniy toʻlov vositalari bilan toʻlanishi mumkin. Dividend aksiyadorlar oʻrtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.