Axborot resurslaridan foydalanuvchilar axborot resurslaridan erkin foydalanishda teng huquqlarga ega, erkin foydalanilishi cheklab qoʻyilgan axborot resurslari bundan mustasno. Axborot resurslaridan foydalanganlik uchun belgilangan tartibda haq olinishi mumkin. Axborot bilan taʼminlashga doir axborot va xizmatlar roʻyxatlarini, axborot resurslaridan erkin foydalanish tartibi hamda shartlari haqidagi maʼlumotlarni axborot resurslarining mulkdorlari va egalari foydalanuvchilarga bepul taqdim etadi. Yuridik va jismoniy shaxslar qonuniy asoslarda axborot resurslaridan oʻzlari olgan axborotdan axborot manbaini albatta havola etgan holda hosila axborot yaratish uchun foydalanishlari mumkin. Axborot resurslaridan axborot olish tartibini axborot resurslarining mulkdori yoki egasi qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etgan holda aniqlaydi.