Axborotlashtirish toʻgʻrisida 17-modda. Axborot tizimlarining texnika vositalarini sertifikatlashtirish

Axborot tizimlarini tashkil qiluvchi texnika vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda sertifikatlashtirilishi kerak. Davlat organlari axborot tizimlarining, tarmoq va hududiy axborot tizimlarining, yuridik hamda jismoniy shaxslar axborot tizimlarining davlat sirlari yoki maxfiy axborotni oʻz ichiga olgan axborotni ishlovdan oʻtkazish uchun moʻljallangan texnika vositalari, shuningdek mazkur tizimlarni muhofaza qilish vositalari majburiy sertifikatlashtirilishi lozim.