Axborot tizimlarining tarmoqlararo bogʻlanishi turli axborot tizimlari oʻrtasida axborot almashish uchun amalga oshiriladi. Belgilangan normalar va qoidalarga muvofiq oʻzaro tarmoqlararo bogʻlanish imkoniyatini axborot tizimlarining mulkdorlari, egalari taʼminlaydi. Turli axborot tizimlarining tarmoqlararo bogʻlanishi axborot tizimlarining mulkdorlari, egalari oʻrtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Tarmoqlararo bogʻlanishni amalga oshirish hamda turli axborot tizimlarining oʻzaro aloqada boʻlish tartibi va shartlari maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.