Axborotlashtirish toʻgʻrisida 20-modda. Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish

Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan gʻayriqonuniy munosabatda boʻlish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yoxud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin boʻlsa, muhofaza qilinishi kerak. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini taʼminlashi shart. Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi ularning mulkdorlari, egalari tomonidan mustaqil belgilanadi. Davlat sirlari hamda maxfiy sirlar toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.