Axborot resurslari va axborot tizimlarining huquqiy rejimi quyidagilarni belgilovchi normalar bilan aniqlanadi: axborotni hujjatlashtirish, axborot resurslarini shakllantirish va axborot tizimlarini yaratish tartibini; axborot resurslariga va axborot tizimlariga boʻlgan mulk huquqini; axborot resurslarining ulardan erkin foydalanish darajasi boʻyicha toifasini; axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish tartibini; axborot tizimlarining tarmoqlararo ulanishi tartibini.