Markaziy bank chet el kapitali ishtirokidagi banklar oldiga qoʻshimcha talablar qoʻyish, shu jumladan chet davlatlar banklaridan ular oʻzlari joylashgan va roʻyxatga olingan erdagi tekshiruv organi nazorati ostida ekanliklarining tasdiqnomasini talab qilish huquqiga ega. Chet el banklariga litsenziyalar, basharti, chet davlat banki oʻz mamlakatida qaytarib berish sharti bilan pul depozitlari va boshqa boyliklarni qabul qilish huquqiga ega boʻlsagina beriladi.