Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida 31-modda. Banklar va mijozlar oʻrtasidagi munosabatlar

Banklar va ularning mijozlari oʻrtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Mijozlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzlari tanlagan bitta yoki bir necha bankda milliy valyutada va chet el valyutasida talab qilib olguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar ochishga haqli. Banklar mijozlarga hisobvaraqlar ochishning Markaziy bank belgilagan tartibiga rioya qilishlari shart. Bankning barcha xizmatlari bank aksiyadorlari va boshqa mijozlarga teng shartlar asosida koʻrsatiladi.