Bojxona tranziti bojxona rejimi shunday rejimki, bunda: olib kirilgan tovar joʻnatuvchi bojxona organi va tovar kelib tushadigan bojxona organi orasidagi bojxona hududi boʻylab, shu jumladan chet davlat hududi orqali bojxona nazorati ostida; Oʻzbekiston tovarlari bojxona chegarasida joylashgan joʻnatuvchi bojxona organi va tovar kelib tushadigan bojxona organi orasidagi chet davlat hududi boʻylab bojxona bojlari va soliqlar toʻlanmagan, shuningdek iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda olib oʻtiladi. Qaysi bojxona organi faoliyat koʻrsatish zonasida tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish boshlanadigan boʻlsa, oʻsha bojxona organi joʻnatuvchi bojxona organi hisoblanadi. Qaysi bojxona organi faoliyat koʻrsatish zonasida tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish tugallanadigan boʻlsa, oʻsha bojxona organi tovar kelib tushadigan bojxona organi hisoblanadi.