Bojxona kodeksi 144-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalariga nisbatan qoʻllaniladigan bojxona rejimlari

Biror-bir bojxona rejimiga tovar sifatida joylashtirilishi maʼlum qilinmagan, tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasiga bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan paytdan eʼtiboran, tegishincha vaqtincha olib kirish yoki vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga ushbu bojxona rejimlari shartlariga shaxslarning rioya etishi majburiyatlari bilan joylashtirilgan tovar sifatida qaraladi.